Skip to content

Foydali ma'lumotlar

Mahsulot muvofiqligini sertifikatlashtirish orqali tasdiqlash sxemalari

Muayyan sertifikatlashtirish sxemalari bir jinsli mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalarida va bir jinsli mahsulotlarga talablarni o'z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi. Tekshiruvlar hajmi bilan bog'liq sxemaning murakkabligi mahsulotning xavflilik darajasiga bog'liq.

Har bir aniq holatda sertifikatlashtirish sxemasini sertifikatlashtirish organi arizachining takliflari, yetkazib berish hajmi va muddati, sinov usullari, ishlab chiqarish xususiyatlari va uning barqarorligi buzilishi xavfi hamda mahsulotning iste'molchilar uchun potensial xavfini hisobga olib tanlaydi. Xalqaro tizimlar yoki bitimlar doirasidagi sertifikatlashtirish ularda nazarda tutilgan sxemalar bo'yicha amalga oshiriladi.

Ma'lumotnoma

3-sxema ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo'llaniladi va majburiy ko'rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasida sinashni, ishlab chiqarishni tekshirishni hamda korxonada ishlab chiqaruvchidan olingan mahsulotni sinagan holda inspeksiya nazoratini nazarda tutadi.

7-sxema mahsulot partiyasini sertifikatlashtirishda qo'llaniladi va mahsulotni sinashni nazarda tutadi.

7A-sxema bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda qo'llaniladi va majburiy ko'rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasida sinashni nazarda tutadi.

3, 7 va 7A-sxemalar bo'yicha sertifikatlangan mahsulot belgilangan tartibda muvofiqlik belgisi bilan markalanishi mumkin.

Mahsulot muvofiqligini sertifikatlashtirish orqali tasdiqlash sxemalari

Sxema raqamiAkkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida sinash va muvofiqlikni isbotlashning boshqa usullariIshlab chiqarishni tekshirish yoki sifat tizimini baholashSertifikatlangan mahsulot (sifat tizimi, ishlab chiqarish) ustidan inspeksiya nazorati
3Tur sinovlariIshlab chiqarishni tekshirishIshlab chiqaruvchidan olingan namunalarni sinash. Ishlab chiqarishni tekshirish
7Partiyani sinash——
7APartiyani sinash——

Blankalar va shakllar

Maslahat kerakmi?

Qo'ng'iroq qiling — mutaxassis sertifikatlash, hujjatlar va muddatlar bo'yicha savollaringizga javob beradi.