Skip to content

Mijozlar uchun

Sertifikatlashtirish tartibi, zarur hujjatlar, arizachilarning huquq va majburiyatlari

Ushbu sahifada arizachilar uchun ma'lumotlar jamlangan: «TEST SERTIFICATION ENTERPRICE» MCHJ da mahsulotlarni sertifikatlashtirish qanday o'tadi, qanday hujjatlar tayyorlash kerak hamda arizachining huquq va majburiyatlari.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi faoliyati mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish hisobiga moliyalashtiriladi.

Sertifikatlashtirish ishlari tartibi

  1. 1

    Ariza topshirish

    Ariza singlewindow.uz va tris.uz portallari orqali topshiriladi.

  2. 2

    Hujjatlarni tahlil qilish

    Me'yoriy hujjatlar, materiallar to'liqligi va intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni tahlil qilish — 2 ish kuni ichida.

  3. 3

    Ariza bo'yicha qaror

    Sertifikatlashtirish organi ariza bo'yicha qaror qabul qiladi.

  4. 4

    Identifikatsiya va namunalar tanlash

    Mahsulotni identifikatsiya qilish, namunalar tanlash va ishlar uchun to'lovdan so'ng sinov dasturini tayyorlash.

  5. 5

    Ishlab chiqarishni tekshirish

    VMQ 318 bo'yicha 3 va 4-sxemalar hamda VMQ 502 bo'yicha 1C va 2C-sxemalar uchun.

  6. 6

    Namunalarni sinash

    Namunalarni akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasida sinash.

Arizachilar uchun ma'lumot

Arizachi quyidagi huquqlarga ega:

  • muayyan turdagi mahsulotlar uchun nazarda tutilgan muvofiqlikni tasdiqlash shakli va sxemasini tanlash;
  • akkreditatsiya sohasi arizachi sertifikatlashtirmoqchi bo'lgan mahsulotni qamrab oladigan istalgan sertifikatlashtirish organiga murojaat qilish;
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sertifikatlashtirish organlari va akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari (markazlari)ning noqonuniy harakatlari ustidan akkreditatsiya organiga shikoyat qilish;
  • mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun unga tegishli texnik hujjatlardan foydalanish.

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun hujjatlar

Import qilinadigan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun

  • elektron ariza;
  • mahsulotga oid me'yoriy hujjat nusxasi (mavjud bo'lsa);
  • O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganlik haqida belgi qo'yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjat (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura).

Ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun

  • arizachining muhri qo'yilgan blankadagi ariza;
  • ishlab chiqariladigan mahsulotga oid me'yoriy hujjat nusxasi;
  • mahsulot markirovkasi namunasi (mahsulot haqida ma'lumot);
  • sanitariya-epidemiologiya xulosasi nusxasi (zarur bo'lsa).

Blankalar va shakllar

Maslahat kerakmi?

Qo'ng'iroq qiling — mutaxassis sertifikatlash, hujjatlar va muddatlar bo'yicha savollaringizga javob beradi.