Skip to content

Mashinasozlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish

Mashinasozlik mahsulotlari — kranlar, zadvijkalar, klapanlar, rezina shlanglar va filtrlarni me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashtirish.

«TEST SERTIFICATION ENTERPRICE» MCHJ sertifikatlashtirish organi O'zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlashtirish sohasidagi muvaffaqiyatli hamkor sifatida obro' qozongan. Xodimlarimizning yuqori malakasi va tezkorligi oldimizga qo'yilgan vazifalarni ishonch bilan bajarish imkonini beradi.

Qaysi mahsulotlarni sertifikatlashtiramiz

Sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtiradigan mashinasozlik mahsulotlari guruhiga quyidagilar kiradi:

  • kranlar;
  • zadvijkalar;
  • klapanlar;
  • rezina shlanglar;
  • filtrlar.

Har bir aniq holatda sertifikatlashtirish sxemasini sertifikatlashtirish organi arizachining takliflari, yetkazib berish hajmi va muddati, sinov usullari, ishlab chiqarish xususiyatlari hamda mahsulotning iste'molchilar uchun potensial xavfini hisobga olgan holda tanlaydi.

Sertifikatlashtirish sxemalari

  • Sertifikatlashtirish organining akkreditatsiya standarti: O'z DSt ISO/IEC 17065:2015 (O'ZAK.MS.0075 guvohnomasi).
  • 1C; 2C; 3C; 4C; 9C sertifikatlashtirish sxemalari — Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qaroriga 2-ilova.
  • 1D; 2D; 3D; 4D; 6D sxemalari — Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qaroriga 3-ilova.
  • 3; 4; 7 sertifikatlashtirish sxemalari — Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga 2-ilova.
  • O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 12-sentyabrda 3386-raqam bilan ro'yxatga olingan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalaridagi sxemalar.

Zarur hujjatlar

Import qilinadigan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun

  • elektron ariza;
  • mahsulotga oid me'yoriy hujjat nusxasi (mavjud bo'lsa);
  • O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganlik haqida belgi qo'yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjat (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura).

Ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun

  • arizachining muhri qo'yilgan blankadagi ariza;
  • ishlab chiqariladigan mahsulotga oid me'yoriy hujjat nusxasi;
  • mahsulot markirovkasi namunasi (mahsulot haqida ma'lumot);
  • sanitariya-epidemiologiya xulosasi nusxasi (zarur bo'lsa).

Ko'p beriladigan savollar

Kranlar, zadvijkalar, klapanlar, rezina shlanglar va filtrlarni.

Bizning akkreditatsiya

O'ZAK.MS.0075

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organining akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnomasi

01.11.2022 — 31.10.2027

O'ZAK.SL.0228

Sinov laboratoriyasining akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnomasi

19.08.2022 — 18.08.2027

Boshqa xizmatlar